Toyloqning iqtidorli qizlari “Zulfiya”mukofoti uchun bellashishdi
Bugun Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov nizomiga ko‘ra 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 28 nafar iqtidorli qizlari ishtirok etib, iqtidorlarini namoyish etishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 5 nafar qizlarimiz 1 o‘ringa munosib ko‘rildi.
Madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha Nayman mahallasida yashovchi ijodkor Nozima Karimova, adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 58-maktab o‘quvchisi Asrorova E’zoza, sport yo‘nalishi bo‘yicha 17-maktab o‘quvchisi Abdurazoqova Robiya, san’at yo‘nalishi bo‘yicha 21-maktab o‘quvchisi Sayfiddinova Fariza, jamoatchilik yo‘nalishida esa 58-maktab o‘quvchisi Isroilova Ruxshonalar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi.