Toyloqda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida qanday sharoitlar yaratilgan?
Bu savolga bugun Toyloq tumani yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan press-tur davomida javob izladik.
Unda ishtirok etgan Toyloq tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Gʻiyos Doliyev tumanda yoshlar siyosatini amalga oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shu maqsadda tumanda 14 ta workout maydonchasi, 1 ta unversal sport maydonchasi, 42 ta ministadion, 52 ta kutubxona, 3 ta madaniyat markazi, 1 ta sport maktabi yoshlar uchun xizmat qilmoqda, -deydi Gʻ.Doliyev. Joriy yilning o‘tgan olti oyi mobaynida mahallalarda 58 ta intellektual o‘yinlar, 352 ta sport va 50 dan ortiq kitobxonlik tadbirlari o‘tkazildi. Yoshlar yetakchilarining haftalik ish rejasiga muvofiq har bir kunga yoshlarni madaniyat va san’atga, sportga, IT sohasiga hamda kitobxonlikni yoshlar orasida kengaytirish maqsadida vazifalar belgilab olingan bo‘lib, maktablar, shuningdek yoshlarga oid kompleks binolarda 250 ta to‘garaklar tashkil qilingan. Yetakchilar tomonidan ushbu to‘garaklar muntazam nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari kechki tadbir(16:00 dan 24:00 gacha)larga yoshlar jalb qilib boradi. Uyushmagan hamda mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqa va tanlovlariga tumanimiz yoshlari muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.
Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari tumandagi sport maktabi, Muborak mahallasida joylashgan universal sport maydonchasi va tuman axborot kutubxona markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.