insurez
17-08-2024 16:39

Toyloqda yoshlar siyosati qanday yuritilyapti? Ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida  qanday ishlar amalga oshirilyapti?


 
 
  Bu haqida bugun Toyloq tumani hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi. 
   -Tumanda “Yoshlar balansi” asosida xatlovlar o‘tkazilib, xatlov natijalariga ko‘ra 53 438 nafar (14-30 yosh) yoshlar uchta toifaga ajratib olingan. Ularning 37 683 nafari bandlik holati bo‘yicha “yaxshi” ya’ni “yashil” toifa, 15 755 nafari “o‘rta” ya’ni “sariq”  hamda 648 nafar ijtimoiy holati bo‘yicha “og‘ir” ya’ni “qizil” toifadagi yoshlar ajratib olindi,-deydi Jahongir Haqberdiyev.
   - “Yoshlar balansi”dagi yigit-qizlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib, ular bilan individual ishlash, mas’ul vazirloik va idoralarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimi joriy qilindi.
   Xususan, “qizil” toifadagi 648 nafar ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan yoshlar tumandagi sektor rahbarlari boshchiligidagi korxona va tashkilotlarning 26 nafar rahbarlariga biriktirilib, mas’ullar tomonidan individual ravishda uchrashuvlar tashkil etildi. 
    O‘tkazilgan uchrashuvlarda og‘ir toifadagi yoshlarning 167 nafarida turli xil muammolar borligi aniqlandi va tashkilot rahbarlari tomonidan muammolar o‘rganilib, ijroga yo‘naltirildi. 
   Og‘ir toifadagi yoshlarning  30 nafari bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, 19 nafariga tadbirkorlik qilish uchun kridet, 35 nafariga dehqonchilik qilish uchun yer ajratildi, 23 nafariga asbob-uskuna olib berildi, 11 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 13 nafariga davolanish xarajatlari to‘lab berildi, 13 nafari zamonaviy kasblarga o‘qitildi, 5 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi. Shuningdek og‘ir toifadagi yoshlarning xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari va uylarini ta’mirlash uchun yordamlar ajratildi.
    Shuningdek, Toyloq tumanidagi 19 245 nafar yoshlar 6 ta huquq va tartibod idoralariga “Otaliqqa olish” bo‘yicha biriktirildi. 
2024-yilning o‘tgan davri davomida “Yoshlar daftari”ga jami 222 nafar yoshlar kiritilib, shundan, 109 nafar yoshlarga 456 mln.so‘mlik amaliy ko‘mak berildi.
   Shundan 70 nafariga 347 mln. so‘mlik oliy ta’lim muassasalari to‘lov kontrakt pullari to‘lab berildi, 24 nafar yoshlarga bandligini ta’minlash uchun 73 mln. so‘mga asbob-uskunalar olib berildi, 2 nafar yoshlarni davolanishi uchun 15 mln. so‘m mablag‘ ajratildi, 13 nafar yoshlarga zamonaviy kasblarga o‘qitish yuzasidan 21 mln so‘m mablag‘lar sarflandi. 
   Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish  va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 153-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi zaxirasiga tumandagi fermer xo‘jaliklaridan 400 gektar yer maydoni olinib, 1858 ta lotlarga ajratilib, Ye-auksion onlayin savdolariga chiqarildi hamda mahalla yettiligi tomonidan xulosa berilgan 1858 nafar yoshlarga ajratib berildi.
    Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb etish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.Jumladan, “Besh tashabbus olimpiadasi” elektron platformasidan tumandagi 34 668 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, ushbu musoboqalarning mahalla bosqichida 12 432 nafar yoshlar qamrab olindi. Bu yilgi besh tashabbus olimpiadasi doirasida 26 ta loyiha va sport musobaqalari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib hozirgacha 6 ta sport musobaqalari va 1 ta san’at va madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarning mahalla bosqichlari o‘tkazildi. 
   Sportning mini futbol va futbol turi bo‘yicha  “DXX kubogi” musoboqasida tumandagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan jamoalar shakllantirilib, o‘tkazilgan sport musoboqalarida tumanning Tepaqishloq mahalla yoshlari mini futbol turi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi.
   “Besh tashabbus olimpiadasi”ning paralimpiada yo‘nalishida sportning stol tennisi, shaxmat-shashka, aravachada stol tennisi, para yengil atletika turlari bo‘yicha sport musoboqalari o‘tkazilib, 16 nafar g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi va viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
   Shuningdek, iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi.
    Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ibrat farzandlari” va “Mutolaa” loyhalari yo‘lga qo‘yildi. 
 “Ibrat academiy”da o‘qiyotgan toyloqlik yoshlarning soni 7,5 mingdan oshgan bo‘lib mahalla yetakchilari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
   Hozirda tumanda 50 nafar yoshlar “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida zamonaviy kasblar va xorijiy tillar yo‘nalishida o‘qishni tugatdi.

Teglar
- -