Toyloqda oziq-ovqat xavfsizligi qanday ta'minlanyapti?
Sir emas, bugun Yer yuzida iqlim o‘zgarishi bois yuz berayotgan tabiiy ofatlar, yerni sug‘orish uchun suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi holatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtiryapti. Oqibatda dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo ko‘tarilishi kuzatilayotir. Albatta, bu holat bizga ham o‘zining salbiy ta’siri ko‘rsatmoqda. Shu boisdan mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muhim masalalalrdan biri sifatida qaralmoqda.
Xo‘sh, bu borada Toyloq tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda? Shu va boshqa savollarimizga bugun tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Haydarov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tomorqadan boshlanadi, -deydi Sh. Haydarov. - Joriy yilda tuman bo‘yicha jami 759,0 gektar aholi tomorqasiga piyozi va sarimsoqpiyoz ekinlari jumladan, 390,0 gektar maydonga piyoz hamda 370,0 gektar maydonga sarimsoqpiyoz ekinlari ekildi. “Bir mahalla-bir mahsulot tamoyili” asosida joriy yilda tumandagi 8 ta mahalla xonadonlarida muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirish, ikki va uch marta hosil olishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
- Jumladan, tumandagi Gʻulba, Bog‘izag‘on, Vorsin, Baxshitepa, Yastepa, Adas, Sochak, Eskijuma MFYlarda ikki-uch marta hosil olish yo‘lga qo‘yildi.
Tumanning umumiy yer maydoni 27 816 gektar bo‘lib, shundan qishloq xo‘jaligida foydalanaladigan yerlar jami 12 061 gektarni tashkil qiladi.
-2024 yil hosili uchun asosiy maydonlarga 4175 gektar g‘alla, 1494 gektar sabzavot, 2018 gektar kartoshka, 85 gektar soya va 511 gektar ozuka ekinlari ekildi.
-Takroriy ekin ekish rejasi 3871 gektar bo‘lib, shundan sabzavot 508 gektar, kartoshka 1200 gektar, dukkakli ekin 727 gektar, ozuqa ekinlari 1519 gektar ekildi.
-542 gektar yer maydonlariga to‘qsonbosti ekinlari ekildi.
2024 yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan 164,5 ming tonna meva-sabzavot, kartoshka va uzum mahsulotlari yetishtirilishi belgilangan jumladan;
-Sabzavot 54,5 ming tonna, kartoshka 42,5 ming tonna, moyli ekin 2,6 tonna, meva 17,6 ming tonna, uzum 52,3 ming tonna.
-Ishlab chikariladigan mahsulotlarning 57,5 ming tonnasi qayta ishlashga, 28,9 ming tonnasi eksportga, 16,2 ming tonna zaxiraga, 8,6 ming tonna urug‘lik uchun, 6,3 ming tonna Toshkent shaxri va boshka yarmarkalarga, 47 ming tonna ichki iste’mol uchun ishlatildi.
-Pilla yetishtirish rejasi 182 tonna.
-Go‘sht 21376 tonna, sut 25696 tonna, ssal 7,3 tonna, saliq 36 tonna jami 47115,3 tonna chorvachilik mahsulotlari va 23 mln dona tuxum ishlab chiqarishga erishiladi.
2024 yil yakuni bilan kutilayotgan ko‘rsatkichlar
- dehqon xo‘jaliklari va tomorqalarda ekishni tashkil etish bo‘yicha 41,417 mingdan ortiq aholi tomorqalarida 3237 gektarga ertachi ekinlar, 2807 gektar maydonga takroriy ekin, 3254 gektarga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilishi ta’minlanadi va jami 166 ming 687 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi;
-uzumchilikka ixtisoslashgan tumanlar va mahallalarda aholi tomorqalarida serhosil, eksportbop uzum navlarini ektirish choralari ko‘riladi, shuningdek 116,0 ming tup uzum, tut va mevali daraxt ko‘chatlari ekiladi;
-“Bir mahalla – bir mahsulot tamoyili” asosida 5 ta mahalla muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtiriladi, 1044 ta aholi tomorqasida ixcham issiqxona-parniklar tashkil etiladi;
-joriy yil yakuniga qadar 36 ta ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etilib, 285 ta nafar fuqarolarni doimiy va mavsumiy ishlarda bandligi ta’minlanadi, shuningdek yil yakuniga qadar 120 taga yaqin fermer ho‘jaliklari rahbarlarining malakasi oshiriladi.