insurez
28-06-2024 16:03

Toyloqda oilaviy tadbirokrlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 6 oy davomida 8,8 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan


   

   So‘nggi yillarda mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, har bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ishsizlikka barham berishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada Toyloq tumanida qanday ishlar amlaga oshirilayotgani bilan tanishish maqsadida press-tur o‘tkazildi. 


   Press-tur davomida OAV vakillariga Toyloq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jamshed Xo‘jamurodov harohlik qildi va tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 
  -Bugungi kunda tumanda oilaviy tadbirkorlar soni 175 tani tashkil etadi, -deydi J.Xo‘jamurodov. -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31- yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaroriga asosan 2024-yilda jami 16,5 mlrd. so‘mlik kredit ajratilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu ajratilgan imtiyozli kredit resurslari hisobidan joriy yilning 6 oy davomida 8,8 mlrd. so‘mlik kreditlar 736 nafar aholiga ajratildi.
  Jumladan:
- aholi xonadonlari va dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilgan yer maydonlari uchun issiqxonalar tashkil qilish yo‘nalishida 22 ta xonadonga 585,7 mln.so‘m;
- hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta xonadonga 50,3 mln.so‘m;
- meva-sabzavot va bog‘dorchilik yo‘nalishida 279 ta xonadonga 
1 637,3 mln.so‘m;
- Chorvachilik yo‘nalishida 119 ta xonadonga 2 048,6 mln.so‘m;
- xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha 103 ta xonadonga 1 467,6 mlrd.so‘m;
- parrandachilik bo‘yicha 3 ta xonadonga 68,0 mln.so‘m;
- boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 207 ta xonadonga 2 942,5 mln.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratib berildi.

   Press-tur ishtirokchilari Bog‘izog‘on mahallasida joylashgan “Malika-Mohinur” oilaviy korxonasi hamda “Muhammadjon-Shoxruzbek fayz” MCHJ oilaviy korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Teglar
- -