insurez
11-11-2024 12:14

Toyloqda joriy yilda 151 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirildi



  Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimining o'rinbosari Sherzod Haydarov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. Unda   tumandagi fermer va dehqon xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

    Ma'lumot uchun, Toyloq tumanida jami umumiy yer maydoni 27 816 gektar, qishloq xo‘jaligida foydalanaladigan yer maydoni  12 282  gektar,  shundan  8 283 gektar sug‘orilib haydaladigan maydon,  2 618 gektar tokzor, 881 gektar bog‘zorlar,  465 gektar tutzorlar, 35 gektar lalmi yer maydonini tashkil etadi. Tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari soni 598 ta.
   Tumanda sug‘orib haydaladigan 8283 gektar yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish fermer xo‘jaliklarida 2024 yil hosili uchun 4175 gektar g‘alla, 1494 gektar sabzavot, 2318 gektar kartoshka, 85 gektar soya va 211 gektar ozuka ekinlari ekildi.
   2024-yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jami 151 ming tonna tashkil etib, shundan: 
    Sabzavot 54,5 ming tonna, kartoshka 50,5 ming tonna, moyli ekin 2 ming tonna, ozuka ekin 11,8 ming tonna, boshoqli don ishlab chikarish jami 39.1 ming tonna bo‘lib shundan g‘allachilik klasterga 10098 tonna, davlatga sotish 3581 tonna va birja savdosiga chiqarish 6517 tonna belgilangan. Haqiqatda 10749 tonna 106.4 foizga bajarildi, shundan davlatga sotish 3581 tonna 100 foizga va birja savdosiga 7168 tonna 109.9 foizga bajarildi. 


    Takroriy ekin sifatida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning jami 4 354 gektar (508 gektar sabzavot, 2 650 gektar kartoshka, 365 gektar dukkakli va 831 gektar ozuqa ekinlari) maydonlardan jami 67,9 ming tonna, (shundan, 8,9 ming tonna sabzavot, 58,3 ming tonna kartoshka 725,0 tonna dukkakli) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olindi. 
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18 yanvardagi PF-15-sonli, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 1-fevraldagi 62–sonli qarorlariga asosan tumanda ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan sug‘orib xaydaladigan 100 gektar yer maydoni tuman xokimligi zaxirasiga qaytarilib Ye-auksion platformasiga chiqarilgan bunda 400 nafar ishsiz fuqarolarni bandligi ta’minlandi. 
    Tumanda ro‘yxatga turgan yoshlarga yer maydoni ajratishni tashkil etish va 1863 nafar yoshlarga sug‘orib haydaladigan yer maydonlaridan dehqon xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha 404 gektar suv ta’minoti yaxshi, aholiga yaqin joydan yer maydonlari ajratilib  1863 nafar ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlandi.  


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda joriy yilda 1480 gektar yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish belgilangan. Shundan 400 gektar tomchilatib, 200 gektar yomg‘irlatib, 230 gektar lazerli uskuna yordamida tekislash, 600 gektar egiluvchan quvurlarda sug‘orish va 50 gektar plyonka ostida sug‘orish ishlari amalga oshirildi.  
  Fermer xo‘jalik rahbarlariga suvni iqtisod qilish bo‘yicha dala maydonlariga seminarlar o‘tkazish belgilangan hamda ushbu ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarilgan.
Chorvachilik, parrandachilik baliqchilik, va asalarichilik rivojlantirish dasturlari bo‘yicha.
        Chorvachilik:
      "Siyob Shavkat Orzu" fermer xo‘jaligi 300 bosh naslli qoramollar Avstriya davlatidan yosh tug‘ush yoshidagi tanalar olib kelindi, ozuqa tayyorlash xamda maydalash va tarqatish qo‘shimcha agregatlari 23 mlrd so‘m o‘z mablag‘lar xisobidan olib kelindi.
       "Akmal Toshpulotovich" fermer xo‘jaligi 140 bosh naslli qoramollar Qirg‘iziston Respublikasidan olib kelinib, ozuqa tayyorlash xamda maydalash uskunalari 3.2 mlrd o‘z mablag‘lari xisobidan olib kelindi, joriy yil yakuni bilan 100 bosh naslli qoramollar Estoniya davlatidan olib kelish rejalashtirilgan.
       "Mashxura Sobira Gold" fermer xo‘jaligi 5.7 mlrd o‘z mablag‘i xisobidan 450 bosh go‘sht yo‘nalishidagi
qoramollar Qirg‘iziston davlatidan olib kelindi.
     Parrandachilikda:
    "Siyob Shavkat Orzu" fermer xo‘jaligi Vengriya davlatidan 90 ming bosh bir kunlik naslli jo‘ja olib kelindi, joriy yilning Noyabr oyida 79 ming bosh jo‘jalar olib kelinishi rejalashtirilgan, loyiha qiymati 3 mlrd so‘m o‘z mablag‘lari xisobdan amalga oshirilmoqda, natijada 187 tonna tovuq go‘shti ishlab chiqarilib, 65 ta yangi ish zrinlari yaratishga erishiladi.
    "AGRO-KOMPLEKS" fermer xo‘jaligi  Vengriya davlatidan 38 ming bosh,  4.5 mlrd so‘mlik bir kunlik naslli jo‘ja olib kelindi, qo‘shimcha 61 tonna tovuq go‘shti ishlab chiqarish va 28 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
     Baliqchilik: 
     -"Golden Chikkin Plus" MCHJ (UZV) usulda baliq  yetishtirishda 3.2 mlrd mablag‘lar asosida xorijiy tajriba asosida 400 dona qurilib bitkazildi, xovuzlarni demontaj qilish natijasida 230 tonna baliq yetishtirish va 5 ta qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratish ishlari amalga oshirildi. 
Asalarichilik 
       -"Orzu Olim Dilmurod" fermer xo‘jaligi 850 mln mablag‘lar xisobiga 3 ming asalari oilasi, 53 tonna asal, 1400 dona paket yetishtirish 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratish loyihasi amalga oshirildi.
    Bunda biz yetishtirilgan mahsulotlar hisobidan xalqimizning dasturxoni to‘kin bo‘lishini ta’minlaymiz va dehqonlarimizning daromadini oshishiga erishiladi.

 

Teglar
- -