insurez
01-07-2024 15:28

Toyloqda 3260 getar tok va bog‘larda fitosanitar dala nazorati tadbirlari olib borildi


Press-tur

 

    Toyloq tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi tomonidan bog‘ va tokzorlarni zararkunandalardan asrash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari “Qorasuv saxovati” fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonni egallagan olma bog‘i hamda “Nortoyqul agrobravo” fermer xo‘jaligining 5 gektardan iborat tok maydonida bo‘lishdi .
-Toyloqda 881 gektar fermer xo‘jaligi bog‘, 2 618 gektar tok maydonlari mavjud bo‘lib, shundan 825 gektar bog‘ va 2 435 gektar tok maydonlarida nazorat tadbirlari o‘tkazilib, zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha kerakli tavfsiyalar berildi. Bog‘ maydonlarida olma qurti kapalagini aniqlovchi feromon tutqichlar ilindi, -deydi Toyloq tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i Umid Murodov.


  -Iqtisodiy zarar mezonidan kelib chiqib quyidagi zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashish tadbirlari o‘tkazildi: olma qurti – 220 gektar, qalqondorlar – 150 gektar, kuyalar – 132 gektar, o‘rgimchakkana – 176 gektar, shira-trips – 147 gektar. 
Bog‘ maydonlarida uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarga ham qarshi ishlovlar o‘tkazildi. Klaysteriosporioz – 75 gektar, kalmaraz(parsha) – 123 gektar, soxta un shudring – 186 gektar, bakterial rak – 100 gektar, monilioz – 106 gektar. Shu va shunga o‘xshash kasallik va zararkunandalarga qarshi tumanimizda jadal qarshi kurash ishlari olib borilmoqda.
Fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan bog‘ va tok maydonlariga borib fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda dehqonlariga kerakli tavfsiyalar berildi, uyg‘unlashgan himoya tadbirlari doirasida fleyr va qo‘llanmalar tarqatildi. Bu borada kunlik monitoring ishlari olib borilib, efield.efito.uz platformasiga kiritib borilmoqda.

Teglar
- -