insurez
02-08-2024 09:03

Toyloqda 204 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi


   Sarhisob

  Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish borasida qator tadbirlar amalga oshirilgan.

   Qonunchilik mustahkamlash yuzasidan 64 ta tekshirishlar o‘tkazilib, 953 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, qonunbuzilish, ularning kelib chiqish sabablari vabunga imkoniyat yaratib berayotgan shart sharoitlarni bartaraf qilishi to‘g‘risida 77 ta taqdimnoma kiritilgan, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida 59 nafar mansabdor shaxslar ogohlantirilgan, taqdimnoma va qarorlarga ko‘ra, 69 nafar shaxs intizomiy 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, fuqarolik sudiga 4 ta 9.5 mln so‘mlik da’vo arizalar, iqtisodiy sudlarga 6 ta 218 mln so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. Qo‘pol Qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 8 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan 298 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

   Sohalar kesimida tahlil qilinganda;

   Iqtisodiy qonunchilik ijrosi yuzasidan 5 ta tekshirishlar o‘tkazilib, 247 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 5 ta noqonuniy hujjatlarga protest keltirilgan, qonunbuzilish ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart sharoitlarni bartaraf qilishi to‘g‘risida 14 ta taqdimnoma kiritilgan, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida 25 nafar mansabdor shaxslar ogohlantirilgan, taqdimnoma va qarorlarga ko‘ra, 18 nafar shaxs intizomiy 18 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, jiddiy qonunbuzilish holatlari yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, iqtisodiy sudlarga 6 ta 218 mln so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. 204 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan. 

    Ijtimoiy qonunchilik ijrosi yuzasidan 11 ta tekshirishlar o‘tkazilib, 210 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, qonunbuzilish, ularning kelib chiqish sabablari vabunga imkoniyat yaratib berayotgan shart sharoitlarni bartaraf qilishi to‘g‘risida 14 ta taqdimnoma kiritilgan, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida 22 nafar mansabdor shaxslar ogohlantirilgan, taqdimnoma va qarorlarga ko‘ra, 35 nafar shaxs intizomiy 26 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, fuqarolik sudiga 2 ta 9.5 mln so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. 33 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.   Qo‘pol qonunbuzilishi yuzasidan 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

   Jumladan, fuqaro Pattiyev Ikromjon Ashurovich 21.01.2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019 yildagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-sonli Qarori bilan moddiy madaniy meros ob’yektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan tumanning “O‘zbekiston” mahallasida joylashgan, X-XII asrlarga tegishli bo‘lgan “Tepasaroy” arxeologiya madaniy meros ob’yektining janubiy-sharqiy qismidan mazkur tepalikning muhofaza qilinishini bilgan holda qasddan, shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun og‘ir texnika yordamida uzunligi 6 metr, eni 2 metr o‘lchamda chuqurlik qazib shikast yetkazishishi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 459 mln.so‘m zarar yetkazgan.

    Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 132-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar tergov davomida to‘liq undirilishi ta’minlangan.

   Joriy yilda o‘tkazilgan xatlovlarda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichida 1230 nafar ro‘yxat shakllantirildi. Shundan ularning 880 nafari yoki 71.5 foizining bandligi ta’minlangan yoki mavjud muammolari hal qilingan. Boquvchini yo‘qotgan yoki nogironligi bo‘lgan jami 482 nafar ayollarga bir martalik moddiy yordam pullari to‘lab berildi.

  Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 319 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Boquvchisini yo‘qotgan 1 nafar xotin-qizlarning uy-joyilari homiylar mablag‘lari hisobidan qurib berildi.

   Misol uchun, “Charog‘bon” MFY da yashovchi Xoliqova Shodigulga yashash xonadoni homiylar mablag‘idan 176 mln.so‘m sarflanib, qurib berilishi ta’minlandi.

  “Yoshlar daftari” bo‘yicha 2-sektorda jami 14-30 yoshdagilar jami 16.186 nafar, shundan ayollar 7.856 nafar, erkaklar 8.330 nafarni tashkil qiladi. 2-sektor hududida 2024 yil 01 iyul holatida jami 50 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olinib, 6 oylik yakuniga qadar 35 nafar yoshlar ishga joylashtirildi, asbob uskuna va duradgorlik anjomlari berilishi ta’minlandi, yoshlarga xaydovchilik guvohnomasi olib berilishi, fuqarolik pasporti olib berilishi, yoshlar o‘zlarining qiziqishlarini inobatga olinib o‘zigi o‘zi band qilib, ularning mavjud muammolarini  hal qilish orqali ro‘yxatdan chiqarilgan.

  Misol uchun:  “Birlik” mahallasida yashovchi Ravshanov Suxbatulloga davolash uchun 10 mln.so‘m pul mablag‘i to‘lab berilishi ta’minlandi.

   Qishloq xo‘jaligi sohasida 2024 yilning 6 oyida qishloq xo‘jaligi sohasida 36 ta prokuror hujjatlari qo‘llanilgan. Jumladan, qonun buzilish uning chiqish sabablari va uning imkoniyat yaratib berayotgan shart sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha joylarga 10 ta taqdimnoma,
1 ta protest, qonun buzilishga yo‘l qo‘ymaslik haqida 18 ta mansabdor shaxslar rasman ogohlantirgan, 4 nafar mansabdor shaxsni intizomiy va 5 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 6 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

   Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022 yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli Qarori, Yer kodeksi hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda Toyloq tumani, “Vorsin” muqobil MTP hududidagi 67.5 ball bonitetga ega bo‘lgan xo‘jalik xaritasining 205-raqamli konturidagi sug‘oriladigan yer maydonining 0.70 gektar yer maydonini egallab olib, shundan 25 kv.m yer maydoni fuqaro Salimov Xisrav Xalimovich tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish qilganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 2 mln 630 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 2291-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ta’minlangan.

   Tuman bo‘yicha jami yer maydoni 27.816,0 gektarni, shundan qishloq xo‘jalik yerlari 15096,0 gektar bo‘lib, sug‘orib haydaladigan yer maydoni 7803,9 gektarni, lalmi yer maydoni  35,5 gektarni, issiqxona yer maydoni  44,80 gektarni, 4288 gektar ko‘p yillik daraxtzorlar, shundan 1166,5 gektar bog‘zor, 2626 gektar uzumzor va 465,3 gektar tutzor, boshqa ko‘p yillik mevali daraxtzorlar 30 gektar mavjud. Tumandagi yer maydonining 3004 gektar yaylov yerlarni tashkil etgan.

   Xo‘jaliklararo kanallari 32,6 km., ichki xo‘jalik ariqlari 795 km.,  xo‘jaliklararo ochiq  drenaj 128,5 km., ichki xo‘jalik ochiq drenaj 55,1 km., suv bo‘luvchi va o‘lchash inshootlari 65 dona va suv o‘lchash nuqtalari (gidropost) 65 donadan iborat.

   Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan 7 ta tekshirishlar o‘tkazilib, 193 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 38 ta ta’sir choralari qo‘llanilgan qonunbuzilish, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart sharoitlarni bartaraf qilishi to‘g‘risida 14  ta taqdimnoma kiritilgan, taqdimnoma va qarorlarga ko‘ra, 6 nafar shaxs intizomiy 21 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, fuqarolik sudiga 2 ta da’vo arizalar kiritilgan, 1 ta qo‘pol qonunbuzilish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  31 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

    Qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

   Tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va profilaktika qilish borasida davlat boshqaruvi, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish, kriminogen vaziyatni, alohida e’tiborni ayollar va yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni tahlil qilish orqali oldini olishga qaratish choralar ko‘rib borilmoqda.

   Jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati yuzasidan 11 ta tekshirishlar o‘tkazilib, 157 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 31 ta ta’sir choralari qo‘llanilgan qonunbuzilish, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart sharoitlarni bartaraf qilishi to‘g‘risida 20 ta taqdimnoma kiritilgan, taqdimnoma va qarorlarga ko‘ra, 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan,
18 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

   Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror ishtiroki ta’minlashda joriy yilning o‘tgan davri davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudida ko‘rilgan ishlarning 43 tasida  prokurori ishtiroki ta’minlangan. Tuman prokuraturasi tomonidan
3 ta da’vo arizasi va arizalar kiritilgan. Sudning 3 ta qonunga zid qaroriga nisbatan protest keltirilgan.  

   Sudlarda iqtisodiy ishlar ko‘rilishida prokuror ishtiroki ta’minlashda Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 759 ta ko‘rilgan ishlardan 158 tasida prokurori ishtiroki ta’minlangan. 16 ta  42 mln 400 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan. Sudning 3 ta qaroriga nisbatan kasatsiya protesti kiritilgan. Sud tomonidan to‘liq qanoatlantirilgan.

   Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudi tomonidan 2024 yilning 6 oylik mobaynida jami 84 ta ish 112 nafar shaxslarga nisbatan ishlar ko‘rilgan ishlarning 21 tasi yarashganligi munosabati bilan tugatilgan. Sudning 2 ta hukmiga nisbatan appelyasiya protesti kiritilgan.

   Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hal qilinishida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tuman prokuraturasiga jami 510 murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 320 tasi tuman prokuraturasida ko‘rib chiqilgan, 44 tasi qanoatlantirilgan, 276 tasiga tushuntirish berilgan 5 ta fuqarolarning arizalari jinoyat ishlari va tekshirish materiallariga qo‘shilgan hamda birorta xam murojaat rad qilinmagan.

   Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida, har tomonlama to‘liq va xolisona ko‘rib chiqib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

  Tuman prokuraturasiga oshkoralik berish maqsadida, qonunchilik targ‘iboti va qonunlarni jamiyatning keng qatlamlariga yetkazish maqsadida va aholining huquqiy ongini oshirish borasida barcha tezkor xodimlar tomonidan tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlarda, shuningdek mahalliy aholi o‘rtasida muntazam ravishda targ‘ibot ishlari olib borilgan.

   Huquqni qo‘llash davomidagi tizimli muammolar hamda qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.

   Jamoada sog‘lom va ishchan muhit uchun barcha zarur sharoit yaratilgan bo‘lib, xodimlarning kasbiy mahorati va intelektual salohiyatini mustaqil ravishda oshirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada tashkil qilingan. Tuman prokuraturasi xodimlarining malaka va kasb-mahoratini oshirish bo‘yicha tuzilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti rejalari har yarim yilga mo‘ljallab ishlab chiqilgan.

  Tuman prokuraturasi xodimlarining salomatligini muhofaza qilish maqsadida haftaning chorshanba, juma kunlari ish soatidan tashqari vaqtda sport-sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazilib kelinmoqda.

 Tuman prokuraturasining kelgusidagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Yangi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyruq va ko‘rsatmalari talablari asosida tumandagi qonuniylik va jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqqan holda tashkil etilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan qat’iy prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilishi ta’minlanadi.

 

Abdurahmon Abdullayev,

Toyloq tumani prokurori.

 

Teglar
- -