insurez
10-08-2024 18:01

Toyloqda 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi


Seminar

  R. Saidnazarov agrofirmasi hududidagi "Musurmon Odil R.Saidnazarov" fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda viloyatdan biriktirilgan vakil B.Elmurodov, tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Haydarov, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar hamda tuman fermerlari ishtirok etishdi.

   Unda asosiy e’tibor takroriy ekinlarni o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish, bog‘-tok qator oralariga to‘qsonbosti ekinlarini ekish hamda 2025-yil hosili uchun ekiladigan g‘alla agrotexnik tadbirlarga qaratilib, tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, xususan, zararli hasharot va kasalliklarga qarshi kurashish, mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Jarayonda fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Teglar
- -