insurez
12-08-2024 18:30

Toyloq tumani hokimligi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi


     “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri 12-avgust kuni viloyat Axborot kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
     Viloyat Ishchi guruhi tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining bu borada olib borgan ishlari samaradorligi tahlil etildi.
     Natijalarga ko‘ra:
    1️⃣-o‘rinni - Toyloq tumani hokimligi;
    2️⃣-o‘rinni - Bulung‘ur tumani hokimligi;
    3️⃣-o‘rinni - Samarqand tumani hokimligi qo‘lga kiritdi.
    Tanlov nizomiga binoan Toyloq tumani hokimligi respublika bosqichida viloyat nomidan ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. 
    G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Teglar
- -