insurez
26-07-2024 15:09

Tepaqishloqda yangi tibbiyot muassasasi aholi xizmatiga shay


   Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasi   “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturiga kiritilgach, hududda joylashgan mahalla tibbiyot punkti binosini yangidan qurishga kirishildi. Shu maqsadda mahalliy byudjet hisobidan 660 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Qisqa fursatda 2700 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy tibbiyot muassasasi bunyod etildi.


    Mazkur muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi B. Bobonazarov, sektorlar rahbarlari, mahalla faollari jamoatchilik vakillari qatnashishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar sog‘lik bebaho boylik ekani, salomatlikni asrash borasida tumanda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, qolaversa, tibbiyot muassasasida yaratilgan zamonaviy sharoitlar e’tirof etildi.

Teglar
- -