insurez
01-08-2024 10:05

Tayinlov


 Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan Yaxshiyev Sobidjon Olimboyevich - Toyloq tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Yaxshiyev tayinlovga qadar, Toyloq tumani Ravot mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Toyloq tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Suyunboyev Alisher Isakboyevich Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  lavozimiga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimligi jamoasi unga kelgusidagi faoliyatida muvoffaqiyat tilashdi.

Teglar
- -