insurez
05-09-2024 11:30

Tadbirkorga ko'mak


   So‘nggi yillarda yurtimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning jadal rivojlanishini ta’minlash, sohada byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlarga qulay muhit yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
   Toyloq tumanining 2-sektor rahbari A. Abdullayev  faoliyat yuritib kelayotgan ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
   Tadbirkorlar bilan uchrashuvda dastlab, hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va chet elga eksport qilinayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.


    Tuman prokurori va mas’ullar tadbirkorlarning yechimini kutayotgan masalalarini birma-bir tingladi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan to‘siqlar, qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarning tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -