insurez
29-07-2024 09:48

Tabiiy gaz iste’molchilari diqqatiga!


   «Toyloqtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlar, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida Qo‘rg‘oncha hududiga yo‘naltiruvchi o‘rta bosimli yer osti gaz quvurini yer ustiga chiqarish, gaz quvurlari va boshqa qurilmalarni ta’mirlash maqsadida taxminan 10 kun muddatga Toyloq tumanidagi  Qo‘rg‘oncha, Muborak, Madaniyat, Vorsin, Baxshitepa, Xonchorbog‘, Navbahor, Beklar mahallalari hamda Zarafshon qishlog‘ida  tabiiy gaz o‘chirilishi haqida e’lon bergan edik. 
     Ayni kunlarda Qo‘rg‘oncha hududidagi o‘rta bosimli yer osti gaz quvurini yer ustiga chiqarish, gaz quvurlari va boshqa qurilmalar ta’mirlanmoqda. Belgilangan vazifani tez orada tugatib, aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida bor imkoniyatlardan foydalanilmoqda. 

    Shu o‘rinda, joriy yilning 1-avgust kuni soat 18:00da Toyloq tumanidagi mahallalarda tabiiy gaz yonishini ma’lum qilamiz.

Teglar
- -