insurez
17-08-2024 12:23

Soliq tizimi xodimlari sportda bellashishdi


    Davlat soliq xizmati organlari xodimlari nafaqat soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda, balki sportda ham yaxshi natijalarga ega bo‘lib bormoqda. Bu bugun Toyloq tuman soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan “Davlat soliq qo‘mitasi raisi kubogi” sport targ‘ibot tadbirida yana bir bor namoyon bo‘ldi. 
   Sport va sog‘lom turmush tarziga ongli munosabat, jismoniy madaniyatga oshnolik ruhi soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan barcha jamoa vakillarining murosasiz kurashlarida ham aks etdi. 

   Musobaqa natijalariga ko‘ra:

Ayollar o‘rtasida: Qunduz  Ashurova 1-o‘rinni:
Erkaklar o‘rtasida: Yunusbek Tursunpo‘latov 1-o‘rinni,  
Alisher Yakubov 2-o‘rinni,  
Zafar Sindorov esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -