insurez
16-07-2024 15:43

“Soliq qo'mitasi raisi kubogi”


   Bugun Toyloq tumanida o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha “Soliq qo'mitasi raisi kubogi”  musobaqasining tuman bosqichi  bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu sport turiga qiziquvchi o‘g‘il-qizlar o‘zaro bellashib, sportdagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.  
    Gʻolib va sovrindorlar Toyloq tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Zafar Sindorov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 


     O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan musobaqa jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Teglar
- -