insurez
13-04-2024 16:39

Sharofiddin bronza medal sohobi bo‘ldi


   Tailandning Pxuket shahri mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha Jahon kubogi bahslari nihoyasiga yetdi. Erkaklar o'rtasida -109 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Amriddinov dast ko'tarishda 170 kg natija bilan 🥉bronza medalini qo'lga kiritdi.

  Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchisi  siltab ko'tarishda 208 kg va ikkikurash natijasiga ko'ra 378 kg natija bilan mos ravishda 5 va 4-o'rinlarni egalladi.
 

Teglar
- -