SAYYOR QABUL— MUAMMOLARGA YECHIM BO'LDI
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida viloyatimiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Xususan, shunday qabullardan biri Toyloq tuman “Adas” MFYda o‘tkazildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning sog‘ligi bilan bog‘liq murojaatlar, kamchilik va muammolar yuzasidan shikoyatlar hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Qabul davomida 50 ga yaqin murojaat qabul qilinib, 10 dan ortiq murjaat joyida hal etildi. Fuqarolar sog‘ligini tiklash bo‘yicha kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlanib, malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.
Murojaatchilarning ikki nafari Respublika darajasida, to‘qqiz nafari viloyat darajasida, qolganlari tuman tibbiyot birlashmasida sog‘liklarini tiklash uchun davolanishga yo‘naltirildi. Bildirilgan har bir murojaat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.