insurez
11-07-2024 16:02

Qurilish ishlari nazorat qilinmoqda


     Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 404-sonli qarori asosida tumanda qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida olib boriladigan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
     Bugungi kunda tumanda 7 ta umumta’lim maktablarda 2000 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolari, 1 ta 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta 50 qatnovli oilaviy shifokorlik punkti hamda olimpiya va paralimpiya zaxiralariga tayyorlash markazida 250 o‘rinli yotoqxona, 250 o‘rinli oshxona hamda 34*36 hajmdagi sport zallarini qurish ishlari olib borilmoqda.


     Ishchi guruh tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarini amalga oshirishda loyiha me’yor va talablariga amal qilishi, loyiha semita hujjatlaridan chetga chiqmasdan shaharsozlik norma qoidalari asosida qurilish ishlarini olib borishlik haqida ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
 

Teglar
- -