insurez
24-08-2024 13:15

QABRISTONLAR OBODLIGI – O‘TGANLARNING RUHI SHODLIGI


 

   Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimligida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Eraliyev  ishtirok etdi va OAV vakillariga tumandagi qabristonlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 
  -Ma’lumki, qabristonlarni toza saqlash marhumlar yodiga hurmat ifodasi deb qaraladi. Negaki, marhumlar ruhini shod etish qabristonlardagi saranjom-sarishtalikka ham bog‘liq, -deydi Sardor Eraliyev. - Shu sabab, Toyloq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan 79 ta qabristonlarda ham doimiy ravishda keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Chunki, ozodalik, poklik va xamjihatlik xalqimiz qoniga singgan azaliy qadriyat, go‘zal an’analardan biri.
    Ta’kidlanishicha, qabristonlarning egallab turgan umumiy yer maydoni 1 600 256 m.kv.dan iborat bo‘lib, 2014 yilda mahalla fuqarolar yig‘inlari homiyligida kadastr hujjatlari olingan va to‘lovlar amalga oshirilgan.Tumandagi mavjud qabristonlar to‘liq davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi “Qabriston” bo‘limi uchun 126,5 ta shtat birligi mavjud  bo‘lib,  hozirgi  kunda 127 nafar xodim mehnat qilmoqda. 
       2024 yil mobaynida kabristonlarda 7 marta ommaviy xasharlar o‘tkazildi. 
     2023 yilda hashar yo‘li bilan 4 ta qabristonda hujralar qurildi. Byudjet mablag‘lari hisobidan 1240 metr zamonaviy beton devor qurildi. 2024 yilda esa byudjet mablag‘lari hisobidan 2220 metr zamonaviy beton devor qurish bo‘yicha dastur tasdiqlandi va bugungi kunda 1770 metr qismi to‘liq tugallandi.   Xususan, Tepaqishloq MFY Dasht kishloq qabristoni 400 metr, Tepaqishloq MFY Tepaqishloq qabristoni 400 metr, Taraqqiyot MFY Bachki qishloq qabristoni 100 metr, Xo‘jayuz MFY Xo‘jayuz qishloq qabristoni 180 metr, Eskijuma MFY Dulta qishloq qabristoni 240 metr, Muborak  MFY Yangi qishloq qabristoni 100 metr, Uzunqishloq MFY Uzunqishloq qishloq qabristoni 50 metr, va Yangi Xayot MFY Navxoz ota qabristoni 300 metr.
     Bu boradagi ishlar yilning yakuniga qadar to‘liq yakunlanadi.  


   Hozirgi kunda atrofi devor bilan o‘ralmagan 36 ta qabristonda 21990 metr temir panjara holidagi qabristonlar mavjud bo‘lib, 10995 komplekt tayyor betonli zabor ishlab chiqish va o‘rnatish talab etiladi. 
    2024 yil qabristonlarda hashar yo‘li bilan 280 metr; Qo‘rg‘oncha MFY Qo‘rg‘oncha qishloq qabristonida 50 metr, Vorsin MFY Vorsin qishloq qabristonida 70 metr, Adas MFY Yangi hayot qishloq qabristonida 40 metr,  Yastepa MFY Yastepa qishloq qabristonida 60 metr piyodalar yo‘laklari va Nayman MFY Sadaqayrag‘och qabristonida 60 metr kirish qismi hovlilarida betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.                               
   Qabristonlarda har yil dezenfeksiya va deratizatsiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Teglar
- -