Probatsiya hisobidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Toyloq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda tuman IIB Probatsiya bo‘limi hamkorligida probatsiya hisobida turuvchi ishsiz fuqarolar uchun "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi.
"Probatsiya oyligi" doirasida nazoratdagi shaxslar, ayniqsa, yoshlarning takroriy jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, bandligi taminlash xayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur mehnat yarmarkasida 9 nafar nazoratdagi shaxslar o‘zlariga munosib ish topishdi va mas’ullar tomonidan ularning hujjatlari qabul qilinib, rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.