Probatsiya hisobidagi 2 nafar yosh ishli bo‘ldi
Ayni kunlarda Toyloq tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida turli tadbirlar, uchrashuvlar, reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, bugun probatsiya hisobida turgan yoshlar "AZIYA - STEEL PROM" MCHJ faoliyati bilan tanishishdi. Yoshlar korxona rahbari bilan uchrashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
Probatsiya hisobida turgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularga kasb-hunar o‘rgatish va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tashkil etilgan tadbir natijasida 2 nafar yoshlar mazkur korxonaga ishga qabul qilindi.