insurez
05-08-2024 16:48

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tashkil etilganligining 7 yilligi nishonland


   Bugun Toyloq tumanidagi Milliy gavardiya 69932-sonli harbiy qismida “4-avgust – O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tashkil topgan kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov bayram munosabati bilan harbiy qism xodimlarini tuman hokimligi va bo‘linma nomidan tabriklab, soha vakillarini yurtimizdagi tinchlik-barqarorlikni, jamoat xavfsizligini saqlash yo‘lidagi fidoyi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
   Shundan so‘ng sohada namunali xizmat ko‘rsatgan Milliy gvardiya tizimi xodimlari tuman hokimligining sovg‘alari bilan taqdirladi. 
  Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan musiqiy dastur barchaga bayromana kayfiyat ulashdi.

Teglar
- -