Muborakliklarning murojaatlari tinglandi
Toyloq tumanidagi Muborak mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 2-sektor rahbari A.Abdullayev, tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta'mirlash, yo‘l belgisi va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Ijrosi muddat talab qilinadigan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.