insurez
13-09-2024 10:08

Migratsiyadagi yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi


     Toyloq tumani to‘rtta sektorlar rahbarlari migratsiyadagi yoshlar bilan videochat orqali muloqot qilishdi. Rahbarlar yoshlarning chet-eldagi hayoti, yashashi, ishxonadagi shart-sharoitlar bilan qiziqdi.
    Onlayn tarzda o‘tkazilgan muloqotda yoshlar turli sohalarga oid muammo va takliflarini bildirib,  tuman rahbarlaridan muammoli masalalar yuzasidan amaliy ko‘mak so‘rashdi. 
    Muloqotda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev hamda tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘I Sobid Yaxshiyev yoshlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflarni tegishli tartibda ro‘yxatga olib, ijrosini ta’minlash maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilab olishdi.

Teglar
- -