insurez
16-11-2024 16:01

Masʼuliyatsizligi o‘ziga ziyon keltirdi


   Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi tomonidan olib borilgan kuzatuv nazorat tadbirlari davomida, tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘orish va agrotexnik tadbirlarini olib bormaganligi oqibatida baʼzi joylarda mevali, manzarali va butasimon daraxtlarni qurib qolganligi aniqlandi.

    Shu boisdan eʼtiborsizligi va daraxtlarni kasallanishi, qurishiga qarshi o‘z vaqtida tegishli choralarni qo‘llamagan tumanning Tepaqishloq mahallasida joylashgan 39-umumtaʼlim maktabi rahbari S.Nga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismiga binoan bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 20 barobarida yaʼni, 7,500 ming so‘m miqdorida  jarima qo‘llanildi.

Teglar
- -