insurez
04-09-2024 10:30

Maktablarda birinchi qo'ng'iroq sadolari yangradi


O‘quvchilar orziqib kutgan yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
   Xususan, Toyloq tumanidagi 4-umumta’lim maktabida o‘tgan tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Bahodir Bobonazarov hamda tuman IIB boshlig‘i Oybek Xo‘jamovlar “Yaproqdagi tilaklar” doskasiga o‘quvchilar uchun ezgu tilaklarini yozib qoldirishdi.

 
    Shundan so‘ng tuman rahbari ishtirokchilarni mustaqilligimizning 33 yilligi, qolaversa,  yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab,  o‘quv dargohidan bilimli, zakovatli, iqtidorli o‘quvchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi. 
   Tadbir o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan madaniy-musiqiy dastur bilan davom etdi. 
   Tadbir yakunida tuman hokimi 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi.

Teglar
- -