insurez
23-08-2024 15:23

Maktab uchun oshxona va faollar zali qurilmoqda


   "Tashabbusli byudjet"ning 2024-yil 1-mavsumida Toyloq tumani fuqarolari tomonidan 122 ta takliflar kiritilib, 13 ta loyiha  g‘olib bo‘lgan va ushbu tashabbuslarni amalga oshirish uchun tuzilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 16 mlrd 550 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. 
   Gʻolib bo‘lgan loyihalar orasida Yangi hayot mahallasida joylashgan 31-umumta’lim maktabi ham bor. Maktab uchun oshxona va faollar zali qurish loyihasi uchun 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ayni kunlarda qurilish ishlari davom etmoqda.

Teglar
- -