insurez
06-07-2024 16:40

Mahallada jinoyat ishi muhokama etildi


    Joriy  yilning 1-iyun kuni  soat  23-00da, Toyloq tumani O‘ra-Elipok mahalalsi Cho‘bot qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.M. o‘zining nomida bo‘lgan  “Damas” rusumli avtomashinasini Toyloq tumani Gʻo‘lba mahallasi hududidan o‘tuvchi «S.Ayniy-Samarqand» A-377 avtomobil yo‘lida Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotganda, yo‘lni kesib o‘tayotgan  Urgut tumani O‘roqboyjar mahallasida yashovchi 2016 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan piyodani avtomashinada urib yuborib, yo‘l-transpot hodisasi sodir qilgan. 
    Ushbu jinoyat ishi O‘ray-Elipok mahallasida jamoatchilik o‘rtasida muhokama etildi. 


    Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov, mahalla faollari, nuroniylar hamda yo‘l transport hodisasini sodir etgan fuqaroning yaqinlari ishtirok etgan muhokama yig‘ilishida jinoyatchiliklarning oldini olish, bu kabi holatlarga befarq bo‘lmaslik, yoshlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish,”Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” tamoyiliga amal qilish borasida so‘z yuritildi.

Teglar
- -