insurez
16-08-2024 18:01

Toyloqda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida 441 ta ish o'rni yaratiladi.


 

      Toyloq tumanida 3 ta “Bog‘izog‘on”, “Shopo‘lot” va  “Davlatobod” kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda, mazkur sanoat zonalari uchun tuman hokimining qaroriga asosan jami 11,95 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu haqida bugun Samarqand viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi - Toyloq tumani vakili Nuriddin Narzitoshev ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.
    Ushbu hududlarda jami 27 ta lotlarda investitsiya qiymati 67,3 mlrd. so‘mlik 27 ta loyihalar kiritilgan va ularda 441 nafar ishsiz aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
   “Bog‘izog'on” KSZda 24 ta lot, 58,8 mlrd so‘mlik 24 ta loyiha, 374 ta ish o‘rni, “Davlatobod” KSZ 3 ta lot, 8,4 mlrd so‘mlik 3 ta loyiha, 67 ta ish o‘rni.
    Ushbu ajratilgan 27 ta lotlardan  4 tasi ishga tushirilgan. Jumladan. "XAMZA STORY PLUS 777" MCHJ korxonasi tomonidan 0,2 gektar yer maydonida “Qurilish mollari ishlab chiqarish” loyihasi, «ALMA ORGU» MCHJ korxonasi tomonidan “O‘simliklar himoyasi uchun mineral preparatlar ishlab chiqarish” loyihasi "GRAND PERILLA NERJAVIKA" XK tomonidan “Tom uchun mo‘ljallangan PET qoplamalar (Leksan) ishlab chiqarish” loyihasi va boshqalar ishga tushirilib mahsulotlar ishlar chiqarilib kelinmoqda.
   Bundan tashqari quyidagi qolgan lotlarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
- "OLTIN SIFAT PULS" MCHJ tomonidan Ichimlik suvlari ishlab chiqarish loyihasi;
- "SHOXRUX-E" MCHJ tomonidan Xar xil turdagi samorezlar ishlab chiqarish;
- Tashabbuskor “Orziqulov Akbar Xatamovich” tomonidan Tovuq go‘shti terisini qayta ishlash orqali margarin yog‘i ishlab chiqarish loyihasi;
- "AZIMOV FAXRIDIN XUSHVAKTOVICH" MCHJ tomonidan Xar xil turdagi qoplar ishlab chiqarish (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun) loyihasi;
- "SAMARQAND KARTOSHKACHILIK MARKAZI" MCHJ tomonidan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash (kartoshka chipsilari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yuvish, quritish, saralash va qadoqlash) loyihasi va boshqa loyihalarda jadallik bilan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 
    Ushbu loyihalarni qurilish ishlari yakunlanib, joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish ko‘zda tutilgan.  
    Bugungi kunda “Davlatobod” KSZ 3 ta lotlar Ye-auksion savdolari orqari tashabbuskorlarga investision majburiyatlari belgilangan holda sotilgan bo‘lib, bugungi kunda barcha loyihalarda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
   Tumanning “Shopo‘lot” mahallasi hududidan bugungi kunda KSZ tashkil etish maqsadida 2 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, ushbu yer maydonlar 10 ta lotlarga bo‘lingan holda hozirda Yer-elektron platformasiga kiritilgan.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088-sonli qaroriga asosan Eskijuma MFY hududida joylashgan eski qishloq vrachlik punktning 2,25 gektar yer maydonida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”ni tashkil etilishi belgilangan.
    Xususan, ushbu yer maydoni loyihalarni joylashtirish bo‘yicha bosh rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 25 ta lotlarga bo‘lingan holda  Ye-auksion savdolari orqali sotilgan. 
    Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli Qaroriga asosan “Urgut” EIZ hududlarini kengaytirish maqsadida Toyloq tuman “Xo‘jaqishloq” massividan 14,9 ga yer maydonlari ajratilgan.
    Shundan bugungi kunda tashabbuskor "Ma’rupov Shavkat" tomonidan bolalar va kattalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish maqsadida 1 gektar yer maydoni Ye-auksion savdolari orqali sotib olinib loyihani amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Teglar
- -