insurez
08-10-2024 16:39

KEKSALAR OILAVIY AJRIMLARGA QARSHI



   Tumanimizda o‘tkazilayotgan «Keksalar haftaligi»ning so‘nggi kun tadbirlari ya’ni “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Biz bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q”, mavzularidagi davra suhbatlari Sochak mahallasidagi 8-maktabda bo‘lib o‘tdi.


      Unda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari M.To‘rayev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat  markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov, Sochak, Gulobod, Istiqlol MFYlari keksalar maslahati guruhi rahbarlari va boshqalar qatnashishdi. So‘zga chiqqanlar oilalarda yuzaga kelayotgan ziddiyatlar va ularni ajrim yoqasiga  olib keladigan sabablar haqida to‘xtaldilar. Tadbir so‘ngida mahallalarning bir guruh faol nuroniylari hamda faol yoshlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilari sochaklik mehnat faxriylari  Obloqul bobo Jabborov hamda yuz bilan yuzlashayotgan tabarruk onaxon Mubarroxon aya Sayfullayeva xonadonida bo‘lib, ular bilan bir piyola choy ustida suhbatlashishdi.

Teglar
- -