insurez
27-07-2024 15:39

Keksalar ibrati – donishmandlik maktabi


  Bugun Toyloqda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ochib berdi.
    Nuroniylarni jamiyat hayotiga yanada faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakilllarining tajribasidan keng foydalanish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o‘rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tanlovda to‘rt nafar ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha  bellashishdi. 


   Hakamlar hay’ati tomonidan ularning har bir chiqishlari belgilangan me’zonlar asosida xolisona baholandi. Unga ko‘ra:
    1-o‘rinni Xonchorbog‘lik Muslima Ismoilova egallab, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
    2-o‘rin Qo‘shchinor mahallasidan nuroniy otaxon Ismoil Bobokalonov.
3-o‘rin esa taraqqiyotlik Qayum bobo Bozorovlarga nasib etdi. 
   Gʻolib va ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Teglar
- -