Kambag‘illikdan farovonlik sari
Joriy yilning 11-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Davlatimiz rahbari tuman hokimlari, sektor rahbarlari kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, bu yerdagi sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toyloq tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jamurodov o‘ziga biriktirilgan Bog‘ichinor mahallasidagi 5 ta xonadonga kirib, oila a’zolari bilan yuzma-yuz gaplashdi, ularning oilaviy sharoitini o‘rgandi. Ularni kambag‘allikdan chiqarish, oila byudjetini yaxshilash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha daromad topishning bir nechta turlarini taklif qildi.