insurez
18-09-2024 15:23

Jinoyat ishi jamoatchilik o‘rtasida muhokama etildi


   Joriy yilning  31-avgust kuni Toyloq tumanidagi Galabotir mahallasida o‘lim bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi. Shu kuni soat 19:30larda 2005-yilda tug‘ilgan S.T va mahalladoshi J.Gʻlar ko‘chada o‘zaro suhbat jarayonida gap talashib qolishadi. Shunda J.Gʻ S.Tni haqorat qiladi. S.T ko‘chadan o‘tib ketayotgan amakivachchasi E.Tga J.Gʻ haqorat qilganligini aytadi. E. T gapga aralashgach, o‘zaro janjal kelib chiqadi. Shunda E.T J.Gʻni ikki musht urib yuboradi. J.Gʻ yerga bosh qismi bilan yiqilishi natijasida tan jarohati oladi. J.Gʻga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borish chog‘ida vafot etadi.


    Ushbu jinoyat ish bugun mahallada aholi o‘rtasida muhokama etildi. Unda ishtirok etgan tuman hokimi B. Bobonazarov jinoyatchiliklarning oldini olish, bu kabi holatlarga befarq bo‘lmaslik, yoshlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish,”Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” tamoyiliga amal qilish borasida so‘z yuritdi.

Teglar
- -