Galabotirliklarning muammolari tinglandi
Bugun Toyloq tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli Galabotir mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B.Bobonazarov, tuman hokimining o‘rinbosarlari. Korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy yordam, subsidiya asosida uy olish, kontrakt shartnomasini to‘lashda amaliy yordam, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.