insurez
21-08-2024 12:32

Aholini qanday muammolar qiynamoqda?


Sayyor qabul

   Toyloq tumani hokimligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, ularga qonuiy yechim topish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday sayyor qabulning navbatdagisi bugun Yangi hayot mahallasida bo‘lib o‘tdi.       
    Unda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.   
    Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, ish bilan ta’minlash, ichimlik suvi, kantrakt to’lovini to’lashda amaliy yordam, uy-joy, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.    


    Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

Teglar
- -