Aholi bilan yuzma-yuz muloqot
Toyloq tumanidagi O‘ray-Elipok mahallasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi B. Bobonazarov, tuman hokimining o‘rinbosari Noila Kambariddinova, tuman idora va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolardan moddiy yordam, elektr energiyasi, ichimlik suvi, ish bilan ta’minlash, kadast hujjatlari, aliment undirish, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.