Press-tur
Joriy yilning 13-iyun kuni soat 10:00da Toyloq tumani hokimligi tomonidan press-tur o‘tkaziladi. Unda tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishiladi.
Shuningdek, 14-iyun kuni Toyloq tumani kabag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan press-tur o‘tkaziladi.
Unda hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini oshirish borasidagi ishlar samaradorligi bilan tanishiladi. Media tadbir soat 10:00dan boshlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillarini mazkur tadbirlarga taklif etamiz.