Uchrashuv maroqli o'tdi
Опубликовано 12.11.2021 - 14:46
Bugun Toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 30 yilligi munosabati bilan o‘qituvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda tuman prokuror yordamchisi Sh.Mamatqulov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i A.G‘aforovlar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tarixi va faoliyati to‘g‘risida o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlarga tushunchalar berildi. Shu bilan birga 2021 yil 23 noyabr kuni Vatanparvar tashkiloti o‘quv sport-texnika klubining 30 yilligi munosabati bilan tashkilotning yetakchi xodimi F.Shukurov tomonidan klubning faoliyati, majburiyatlari bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarga tushunchalar berdi hamda tashkilotga a’zo bo‘lishga chorladi.
Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.