Uchrashuv maroqli o'tdi

 

  Bugun Toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 30 yilligi munosabati bilan o‘qituvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

    Unda tuman prokuror yordamchisi Sh.Mamatqulov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i A.G‘aforovlar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tarixi va faoliyati to‘g‘risida o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlarga tushunchalar berildi. Shu bilan birga 2021 yil 23 noyabr kuni Vatanparvar tashkiloti o‘quv sport-texnika klubining 30 yilligi munosabati bilan tashkilotning yetakchi xodimi F.Shukurov tomonidan klubning faoliyati, majburiyatlari bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarga tushunchalar berdi hamda tashkilotga a’zo bo‘lishga chorladi. 
    Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. 


 

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM