Mahalla ettiligi uchun seminar tashkil etildi

Image_tadbir: 

    Ayni damda Toyloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda tumandagi 1-3-sektor mahallalari yettiligi ishtirok etmoqda.
    O‘quvlar gibrid usulida tashkil etilgan bo‘lib, Davlat boshqaruvi akademiyasida maxsus tayyorlangan hududiy trenerlar tomonidan  10 ta yo‘nalish bo‘yicha "Mahalla yettiligi"ning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsad qilingan.
   Seminar davomida ishtirokchilarga “yettilik tizimi”ning ahamiyati, mazkur faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, yangi tizim natijasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar borasida batafsil tushunchalar berib borilmoqda. Mahalladagi har bir mas’ulning o‘rni, asosiy vazifa va majburiyatlari yuzasidan bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda.

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi