Tepaqishloqda 2.6 km piyodalar yo‘lagi qurilmoqda

    Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasi ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Har bir soha o‘z tarmog‘i bo‘yicha belgilagan vazifalarni sidqidildan bajarishmoqda. 
    Xususan, Tepaqishloq mahallasida 2,6 km piyodalar yo‘lagi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni damda Toyloq tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ish qizg‘in olib borilmoqda.
    Ishni belgilangan muddatlarda tugatish maqsadida maxsus texnikalar va 20 nafar quruvchi-xodimlar jalb qilingan.

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi