Tumanimizdagi Yangi hayot mahallasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirida tuman hokimi o‘rinbosari J. Haqberdiyev, mahalla faollari, nuroniylar, din ulamolari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish zarurligi haqida fikr bildirib, Prezidentimizning ma’ruzasi mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi.
Fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda yoshlar tomonidan turli ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy chiqishlar namoyish etildi.