Yangi yil tomoshasiga marhamat

 

   Hurmatli toyloqliklar!

Moʻjizalarga boy  yangi yil yaqinlashmoqda. Sana munosabati bilan Toyloq tumani markazidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabining o‘yingohida siz uchun bayram dasturi tayyorlanmoqda. Katta archa atrofida qiziqarli tomoshalar, shou va dasturlar sizni kutmoqda. Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari esa bir-biridan sho‘x va bayramona kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga xush kayfiyat ulashishadi. 

    Bayram joriy yilning 30-dekabr kuni soat 10:00da boshlanib, kechgacha davom etadi.

Aziz bolajonlar va ota-onalar!

Keling, tomosha qiling va maroqli dam oling.

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM