Toyloqda “Hokimlik bog‘i”, “Yashil jamoat parki” va tashkilotlar bog‘lari barpo etiladi
13.04.2024 - 17:08Yashillik insonning nafaqat vujud salomatligi, balki ruhiyati uchun ham juda muhimdir. Bugungi hayotimiz va taraqqiyotga rahna solayotgan ekologik muammolar sayyoramizning taqdirini o‘ylaydigan har qanday insonni tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Shu bois, jahon hamjamiyati tomonidan global ekologik muammolarga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun mamlakatimizda xalqimiz hamjihatlik bilan amalga oshirayotgan «Yashil makon» umummilliy harakati ham xalqaro miqyosdagi yirik loyihaga aylanmoqda.