TOYLOQLIK O‘QUVCHI AQSHNING 2 TA UNIVЕRSITЕTIDAN 188 000 DOLLAR GRANT YUTDI
28.01.2023 - 01:29Toyloq tumanidagi 1- umumta’lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Olimjon Botirov muddatidan oldin 2 ta xalqaro universitetga talabalar safiga qabul qilindi va umumiy hisobda 188.000 $ ta’lim grantini qo‘lga kiritdi. AQSHning Elmhust universiteti Olimjonga 100 000 $ - yuz foizlik grant taqdim etgan bo‘lsa, Arizona universiteti - 88.000 $, miqdoridagi grant yutganligini ma’lum qildi. Olimjon yoshligidan IT sohasiga qiziqadi.