Ozodbek Xalqaro harbiy sport musobaqasining respublika bosqichida  2-o‘rinni egalladi

   Joriy yilning 15-16 may kunlari Toshkent shahrida “Vatan tayanchi” bolalar-o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadi a’zolari o‘rtasida Xalqaro harbiy sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
    Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etgan Toyloq tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ozodbek Abdurazzoqov faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
     Bugun Ozodbek Toyloq tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev tomonidan taqdirlandi. Shuningdek, uni harbiy sohaga qiziqtirgan maktabning CHYOT fani o‘qituvchisi Hojiyev Umarqul hamda tuman mudofaa bo‘limi boshlig‘i Sarvar Nabiyevlar Ozodbekni yutuq bilan tabrikladi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди