Maishiy gaz ballonlardan foydalanuvchilar D I Q Q A T I G A !

  Nostandart gaz ballonlarni gaz plita va gaz uskunalariga o'rnatmang;
 Gaz ballonlarni, uskunlarga o'zboshimchalik bilan maxsus bosim ostida ishlashga mo'ljallanmagan rеzina shlanglar orqali ulamang; 
‼️ ballonlarni bog'langan joylari, jumraklaridan gaz sizib chiqishini sovunli ko'pik yordamida doimiy ravishda tеkshirib turing; 
‼️olov hosil qilish mumkin bo'lgan mahsulotlar gaz ballonlaridan kamida 10 mеtr uzoqlikda turishini ta'minlang; 
‼️gaz plitalaridan foydalanish vaqtida oshxonada yosh bolalar va xasta kishilarni, qarovsiz qoldirmang; 
‼️ ballonlarni quyosh tig'ida qoldirmang; 
‼️gaz plitalarini o'z vaqtida ko'rikdan o'tkazing; 

  Gaz ballonlarini mato parchalari bilan o'ramang, plita bilan oraliq masofasi 2 mеtrdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. 

  Yuqoridagi qoidalarga amal qilish orqali o'zingiz va yaqinlarningiz bilan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarni oldini olgan bo'lasiz! 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди