Bola huquqlari — respublikamiz davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri

     Toyloq tumani aholisi 216900 nafar bo’lib, shundan 83137 nafari voyaga yetmaganlarni tashkil qiladi.   

   Tuman hokimligi bolalarni himoya qilish shu’basi tomonidan Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar rejasi va amaldagi qonunchilik talablari asosida 54 nafar bolaga vasiy hamda 16 nafar bolaga homiy tayinlandi. Shu bilan bir qatorda 11 nafar bolalar ota-onasining roziligi bilan qarindoshlariga farzandlikka berilgan.

   Alohida yashayotgan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarni otasi yoki onasi bilan uchrashish huquqlarini ta’minlash maqsadida 27 ta ariza shu’baga kelib tushgan bo‘lib, ularni barchasini ijtimoiy yashash sharoitlari o‘rganilib, FIB sudlarga tegishli tartibda xulosalar berilib ijrosini ta’minlash masalasi bo‘yicha sudlarga ishtirok etildi.  

   Bundan tashqari farzanlariga nisbatan o‘z ota-onalik majburiyatlarini bajarmagan ota yoki onalarni ota-onalik huquqlaridan maxrum qilish yuzasidan 2 nafar bolalarni huquq-manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli tartibda xulosalar tayyorlanib ushbu ishlar sud tartibida ko‘rib chiqildi.

   Nabira bilan uchrashishni tashkil etish esa 6 nafar, Davlat natorial idoralarida4 nafar bolalarni huquq-manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning otasi yoki onasidan qolgan meros ulushlarini undirib berish yuzasidan natorial hatti-harakatlarda ishtirok etib ularga tegishli bo‘lgan meros ulushlari ajratib berildi.

   Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazorasizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar yuzasidan ko‘rib chiqilgan masalalar
13 marotaba, voyaga yetmaganlarni ta’lim muassasalari o‘quvchilari safidan chiqarish haqidagi ko‘rilgan ishlar 23 tani tashkil etadi. Shu’ba qarori asosida voyaga yetmaganlarga nisbatan yakka tartibda profilaktika ishlari olib borilayotganlar 13 tani tashkil qiladi.

   Shu bilan bir qatorda muntazam ravishda tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘basi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tungi reydlar amalga oshirilib kelinmoqda. Tungi reyd davomida voyaga yetmagan shaxslarning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘ngil ochar (dam olish) joylarida bo‘lishi holatlarini o‘rganilmoqda Tadbir vaqtida umumiy ovqatlanish shoxobchalari va kompyuter zallarida tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz bo‘lgan 3 nafar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning ota-onalariga qonun doirasida choralar ko‘rilishi belgilandi.

   Tumandagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomatini o‘rganish hamda o‘quvchilar o‘rtasida tig‘ (sovuq qurol) olib yurish xolatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan maktablarda muntazam ravishda urganlishlar olib borilmoqda.

   Shu bilan birgalikda tumanda istiqomat qilib kelayotgan aholi o‘rtasida noqonuniy ravishda chet davlatlariga chiqib ketgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining yaqin qarindoshlari va ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilib kelinmoqda. Farzandlarini majburiy ta’limdan ajratgan holda, xorijga diniy ta’lim olishi uchun yuborgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar mas’uliyati masalasi hamda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJTKning tegishli moddalari bilan ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llanilishi aytib o‘tildi.

 

Bahodir Ruziyev,

Toyloq tumani hokimligi bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди