Toyloqda mahallalar infratuzilmalari yaxshilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toyloq tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy va iqtisodiy infrotuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 15 ta obektlarda 11 mlrd 383 mln so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Jumladan, 1-sektor hududida:
1. Xo‘jayuz MFY qabristoniga borish yo‘lining 0,9 km, loyiha so‘mmasi  365,8 mln.ni tashkil etib, 100%ga bajarildi.                                                                                       
2. Bog‘izog‘on MFYdagi O‘rikzor va Bog‘izog‘on ko‘chalaridagi suv inshootlarini ta’mirlash, tarmoq tortish ishlari, loyiha so‘mmasi 501,8 mln. tashkil etib, 100% ga bajarildi. 
2-sektor:
1. Charog‘bon MFYdagi 2 km ichki ko‘chalar asfalt qilindi. 
2. Madaniyat MFYda 1 ta suv inshooti qurish va 4 km ichimlik suv tarmog‘ini tortildi.
3. Qo‘shchinor MFYda  1 ta suv inshooti qurish va 3 km ichimlik suv tarmog‘i torish ishlar bajarildi. 
4. Vorsin MFY 1 ta suv inshooti qurildi va 4 km ichimlik suv tarmog‘i tortildi.
5. Navbahor MFY 1 ta suv inshooti qurildi va 3 km ichimlik suv tarmog‘i tortildi.
6. Beklar MFY 4 km ichimlik suv tarmog‘i tortildi. 
7. Xonchorbog‘ MFY 1 ta suv inshooti qurish va 3 km ichimlik suv tarmog‘i torish ishlar bajarilgan. 

3-sektor:
 1. O‘rtaqishloq MFYdagi   1,1 km ichki yo‘lni joriy ta’mirlash;
 2. 2023 yilning 1-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha Jalolobod MFYdagi 1,5 km ichki yo‘llarini asfalt qilish:
 3. Shopulot MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun sektor rahbari tashabbusi bilan 1,8 km tarmoq tortish ishlari  amalga oshirilib, 50 ta xonodon toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlandi.

4-sektor:
1. Ukrach MFYda suv inshootini ta’mirlash, 1,5 km tarmoq tortish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, amalda tarmoq tortish ishlari 100%ga bajarildi. 
2. Gulobod MFYda  ichki yo‘lni joriy ta’mirlandi.
3. Bunyodkor MFYdagi  3 ta qishloqda mavjud yaroqsiz holatdagi 100 dona simyog‘ochlarni yangi beton sim ustunlariga almashtirildi.
4. Nurafshon MFY hududidagi qishloqlardagi yaroqsiz holatdagi 100 dona simyog‘ochlar yangi beton ustunlarga almashtirildi.

Sardor ERALIEV
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди